Маданият

Buxoro shahrida Madaniyat va san’at xodimlari kuni nishonlandi

102

Чоп этиш

Seshanba, 16:37

Buxoro shahridagi "Garden Bukhara" mehmonxonasida 15-aprel Madaniyat va san’at xodimlari kuni keng nishonlandi. Unda sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, bugungi kunda fidoyilik bilan ishlayotgan faollar, xalqimiz suygan san’atkorlar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olgan shahar hokimi o'rinbosari Feruz Hamroyev madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sana munosabati bilan tabriklab, shahar hokimining bayram tabrigini o'qib eshittirdi. 

Seshanba, 16:37

Shuningdek, so'zga chiqqanlar so'nggi yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti hamda havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarning madaniyat, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Bayram tadbiri san'at ustalarining chiqishlari bilan davom etdi.

Seshanba, 16:37

102

Чоп этиш


Муаммога дуч келдингизми?

Бизга хабар беринг

Мурожаат юбориш

Боғланиш учун

Бухоро шаҳар ҳокимлиги


Биз ижтимоий тармоқларда