Yoshlar siyosati

Voleybol: "Viloyat hokimi kubogi"ning sektor bosqichi start oldi

160

Chop etish

Payshanba, 09:56

Soʻnggi yillarda yurtimizda aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sogʻlom hayot kechirishlarini taʼminlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor Yangi O‘zbekiston kelajagini yuksaltirish, millat genafondini yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimizning turli hududlarida musobaqalar tashkillashtirilib, soha rivoji jadallashib bormoqda. Shu jumladan, Buxoro shahri ham bundan mustasno emas. 

Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi va 1-2-son sport maktablari bilan hamkorligida mahallalardagi yoshlar o'rtasida an'anaviy o'tkazilib kelinayotgan "Viloyat hokimi kubogi" dorasida voleybol musoboqasiga start berildi. Jami 1ming 500 dan ortiq yoshlarni qamrab olgan ushbu musobaqa "Yoshlik" sport majmuasida bo'lib o'tmoqda. Musobaqa uch bosqichda sektorlararo, shahar, viloyat bosqichlarida o'tkaziladi. Bunda shahardagi 65 ta mahalla o'g'il bolalar va qizlar jamoalari o'zaro bellashishadi. 

Payshanba, 09:56

Bugun qiz bolalar o'rtasida bo'lib o'tgan, ertaga o'gil bolalar ishtiroki kutilayotgan musoboqaning sektor bosqichi joriy yilning 13-fevraliga qadar davom etadi. G'oliblikni qo'lga kiritgan mahallalar yoshlari shahar bosqichiga yo'l oladi. 

Payshanba, 09:56

Payshanba, 09:56

Payshanba, 09:56

160

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda