Sport

"Viloyat hokimi kubogi" doirasida para stol tennisi musobaqasi bo'lib o'tdi

43

Chop etish

Dushanba, 09:22

Soʻnggi yillarda yurtimizda aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sogʻlom hayot kechirishlarini taʼminlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sport turlaridan "Viloyat hokimi kubogi" musobaqalarining muntazam o'tkazilib kelinishi bunga misol.

Buxoro shahrida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida "Viloyat hokimi kubogi" doirasida para stol tennisi musobaqasining shahar bosqichi yakunlandi. Mazkur bahslarda 260 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. 

Dushanba, 09:22

Yakuniy natijaga ko'ra, 14-30 yosh toifasidagi yigitlar o'rtasida 1-5 klass bo'yicha Sanjar Salomov, qizlar o'rtasida Shoxista Baxriddinova g'olib bo'lgan bo'lsa, 6-10 klass yo'nalishida Navro'zbek To'ymurodov, qizlar o'rtasida Umida Nurilloyevalar faxrli 1- o'rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'l oldilar. G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Dushanba, 09:22

Dushanba, 09:22

43

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda