Moliya va iqtisodiyot

Tadbirkorlar safi kengaymoqda

215

Chop etish

Chorshanba, 12:25

Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va migratsiyadan qaytgan fuqarolarni daromadli qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, mahallalar ixtisoslashuvidan kelib chiqib kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Buxoro shahrida ham salmoqli ishlar bajarilmoqda.

Xususan, Razzoq Hamroyev mahallasida o‘tgan 2024-yil boshida 73 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxati shakllantirilgan hamda yil davomida mahalla "yettiligi" ko‘magi bilan ularning hammasi bandligi ta’minlangan. Band bo‘lgan fuqarolar asosan xizmat ko‘rsatish, yirik korxonalarga ishga joylashtirish va o‘zini o‘zi band qilish yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Aholini bandligini ta’minlash maqsadida o‘tgan yil hisobidan 3 ta yo‘nalishda 1 mlrd 50 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Chorshanba, 12:25

Fuqarolar bandligiga ko‘maklashayotgan loyihalar ushbu mahallada ko‘plab topiladi. Shulardan biri «YATT YAXYOYEV SHOXRUX BOBIRJONOVICH» negizida tashkil etilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotish loyihasi hisoblanadi. Umumiy qiymati 500 mln so‘mni tashkil etgan loyihani tashabbuskor tadbirkor o‘z mablag‘idan 370 mln so‘m hamda bankdan 130 mln so‘m olib yo‘lga qo‘ygan. Ishga tushganiga ko‘p bo‘lmagan do'konda hozirgi vaqtda 9 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Quvvati 100 tonna go‘shtni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihaning budjetga yillik tushumi 60 mln so‘mni tashkil qiladi.

Chorshanba, 12:25

Ma’lumot uchun, Razzoq Hamroyev mahallasi ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan. 6 ming 608 nafar aholi, 2 ming 120 ta xonadon va 2 ming 234 ta oila mavjud.

Chorshanba, 12:25

215

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda