Jamiyat

Tadbirkor-elga madadkor

255

Chop etish

Dushanba, 09:56

Yurtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o‘laroq hozirda ular safi kengayib, faoliyat yo‘nalishlari soni ham ortmoqda. Hunarmandchilikning bir qancha turi, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi kabi ko‘plab yo‘nalishlarda yetakchi xotin-qizlar topiladi. 

ozirgi vaqtda tadbirkorlikning bir nechta yo‘nalishida faoliyatini olib borayotgan Hilola Halimova ham issiqxona sharoitida pomidor yetishtirib kelmoqda. S.Ayniy mahallasi "Sanoatchilar" ko‘chasida joylashgan 55 sotix yerda pomidorning "alamini" navini yetishtirmoqda. Shu joyning o‘zida 12 nafar ishchi mehnat qilmoqda.  Issiqxona sharoitida mahsulot yetishtirish qulayligi bilan bir qatorda o‘ziga yarasha mehnatni ham talab qiladigan yo‘nalish hisoblanadi. Issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tashqi iqlim sharoitlaridan (suvsizlik, sovuq, yomg‘ir) tasirlanmaydi. Bu yozning o‘rtalarida yoki qishda ham mahsulot olish imkonini beradi. Issiqxonada yetishtiriladigan mahsulotlar masalan, pomidor odatda ochiq yerga qaraganda yuqori hosil beradi. Bunda yerning harorat va namlik darajasini nazorat qilish mumkin, bu esa mahsulotning sifatini va hosilni oshiradi.

Dushanba, 09:56

Ishni ko‘zini biladigan Hilola Halimovaning so‘zlariga ko‘ra 1 sotix yerdan o‘rtacha 1-1.5 tonnagacha mahsulot yetishtirish mumkin. Eng muhim tomoni issiqxonada tomchilab sug‘orish joriy qilingan. Qolaversa, isitish uchun ko‘mirdan foydalaniladi. Harorat va namlik parametrlari ko‘chatning tez rivojlanishiga ta’sir qiladi. Bu mahsulotning ertaroq yetilib, tezroq bozorga chiqishini ta’minlaydi. 

Dushanba, 09:56

Dushanba, 09:56

Dushanba, 09:56

255

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda