Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi
197
Chop etish
Seshanba, 08:50
Ularning taklif va tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha ham hududlarda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, bugun viloyat axborot kutubxona markazida Buxoro shahridagi iqtidorli yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari, viloyat va shahar hokimligi mas’ullari ishtirok etdi.
Seshanba, 08:50
Uchrashuvda so‘z olganlar, yurtimizda yosh avlodning ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng har bir yosh yigit-qizlar o‘zlarining g‘oya va tashabbuslarini, ilmiy izlanishlari hamda takliflarini bildirishdi. Ular tomonidan yo‘llangan har bir taklif va tashabbus qo‘llab-quvvatlanishi hamda munosib sharoitlar yaratilishi bildirildi.
Seshanba, 08:50
Yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning ilm-fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda jahon miqyosida Vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan buyuk ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridandir. Bu kabi uchrashuvlar orqali ularning iqtidor va imkoniyatlari kashf qilib boriladi.
Seshanba, 08:50
Seshanba, 08:50
Seshanba, 08:50
197
Chop etish
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari
Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimiz shahar va tumanlarida arzonlashtirilga...
394
"Boxarziy" va "Abu Ali Ibn Sino" mahalla fuqarolar yig'ini hududida o'rganish ishlari olib borildi
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki raisi O.Bo&lsquo...
161
Tadbirkor-elga madadkor
Yurtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yich...
255
2024-yilda Buxoroda mehmonxonalar soni ko'paydi
Buxoro viloyatida turizm sohasi jadal rivojlanib, sohaning tez suratlarda o'sis...
454
Muammoga duch keldingizmi?
Bizga xabar bering!