Qurilish

Qurbon Tursunov "Issiqlik manbai" DUK va “Buxoroenergomarkaz” АJ faoliyati bilan tanishdi

690

Chop etish

Dushanba, 11:58

Bugun, 9-dekabr kuni Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov sovuq ob-havo sharoitida energota'minot korxonalarining bir meyorda ishlashini o'rganish maqsadida "Issiqlik manbai" DUK va “Buxoroenergomarkaz” АJ faoliyati bilan tanishdi. 

Har ikkala manzilda bo'lgan shahar hokimi ish jarayonlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Isitish mavsumi davomida tizimning sozligi va moʻtadil ishlashini ta’minlash maqsadida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha mas'ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Dushanba, 11:58

Ma'lumot o'rnida, “Buxoroenergomarkaz” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda 202 ta ko‘p kvartirali uy-joylar, shuningdek, 32 ta ijtimoiy soha obyektlariga, "Issiqlik manbai" davlat unitar korxonasi esa 523 ta ko‘p qavatli uy hamda 80 ta ijtimoiy soha obyektiga issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazib beradi. 

Dushanba, 11:58

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror energiya ta’minoti bilan ta’minlash borasidagi ishlar doimiy nazorat ostiga olingan.

Dushanba, 11:58

Dushanba, 11:58

690

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda