"Loyihalar yarmarka"si bo'lib o'tdi
248
Chop etish
Juma, 18:26
Buxoro viloyat hokimligi va markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan reja-grafikka asosan viloyatdagi 13 ta shahar tumanlarda har oyda ikki marotaba “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yarmarkalarda Sayxunobod, Uychi, Zarbdor hamda Gʻijduvon tajribalari asosida tayyorlangan biznes rejalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tyapti. Buxoro shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan ana shunday yarmarkada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida bo‘lgan tashabbuskorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Juma, 18:26
"Loyihalar yarmarkasi" doirasida aholining tadbirkorlik faoliyatiga daxldor ishlab chiqilgan 100 dan ortiq biznes rejalar mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama qilindi. Yarmarka doirasida 8,4 mlrd so‘mga teng 70 dan ortiq tashabbuskorning loyihasi tijorat banklari tomonidan ma’qullandi. Buning natijasida 820 dan ortiq yangi ish o‘rinlar yaratilishi belgilandi.
Juma, 18:26
Juma, 18:26
248
Chop etish
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari
Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimiz shahar va tumanlarida arzonlashtirilga...
394
"Boxarziy" va "Abu Ali Ibn Sino" mahalla fuqarolar yig'ini hududida o'rganish ishlari olib borildi
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki raisi O.Bo&lsquo...
161
Tadbirkor-elga madadkor
Yurtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yich...
255
2024-yilda Buxoroda mehmonxonalar soni ko'paydi
Buxoro viloyatida turizm sohasi jadal rivojlanib, sohaning tez suratlarda o'sis...
454
Muammoga duch keldingizmi?
Bizga xabar bering!