Ko‘chatchilik serdaromad soha
158
Chop etish
Dushanba, 09:42
Tohir Ibragimov rahbarligidagi xo‘jalik 2000-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Sohani rivojlantirish, bunda aholi bilan kooperatsiya munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ishlanmalarni joriy etishda xo‘jalikda ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda xo‘jalik hisobida 163 gektar yer maydoni bo‘lib, shu yerda 2 mln tup ko‘chat parvarish qilinmoqda. O‘rtacha 3 yil vaqt davomida ko‘chatlar sotishga tayyor holga keladi. Urug' va qalamchalardan ko'paytiriladi.
Dushanba, 09:42
Hozirgi vaqtda 30 nafarga yaqin mahalla vakillarini doimiy ish bilan ta’minlaganmiz,-deydi xo‘jalik rahbari Tohir Ibragimov. —Ishchilarimizga shu yerda mehnat qilib oilalariga 3-4 mln so‘mdan daromad olib kiryaptilar. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bilan birga turli xil navdagi gul ko‘chatlarini ham yetishtirishni yo‘lga qo‘yganmiz. Hozirda 1 mln dona ko‘chatlarimiz sotish uchun tayyor holda. Ko‘chat savdosidan yiliga o‘rtacha 200 mln so‘mgacha sof foyda olib kelyapmiz. Xo‘jalikda asosan archa, sapura, katalpa, gujum, tut, o‘rik, olma, olcha xurmo, uzum, olxo‘ri, nok va shaftoli singari ko‘chatlar parvarish qilinib, viloyatimiz bo‘ylab, qolaversa qo‘shni Navoiy, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlariga ham yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
158
Chop etish
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari
Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimiz shahar va tumanlarida arzonlashtirilga...
394
Tadbirkor-elga madadkor
Yurtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yich...
254
"Boxarziy" va "Abu Ali Ibn Sino" mahalla fuqarolar yig'ini hududida o'rganish ishlari olib borildi
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki raisi O.Bo&lsquo...
161
2024-yilda Buxoroda mehmonxonalar soni ko'paydi
Buxoro viloyatida turizm sohasi jadal rivojlanib, sohaning tez suratlarda o'sis...
453
Muammoga duch keldingizmi?
Bizga xabar bering!