Jamiyat

"Kasbiy ko'nikmalar" markazida navbatdagi "Loyihalar yarmarkasi" bo'lib o'tdi

179

Chop etish

Juma, 09:25

2024-yil 16-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hokimliklar bilan banklarning mahallalarda muvofiq ishlash tizimi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda shahar-tuman hokimlari loyihani joy va infratuzilma bilan ta’minlash majburiyatini olishi, banklar esa tadbirkorlar loyihalariga ko‘maklashishi, muammosi bo‘lsa, hal etishi, ishsizlarni biznesga jalb qilishi ta’kidlangan edi.

Buxoro viloyat hokimligi va markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan reja-grafikka asosan viloyatdagi 13 ta shahar tumanlarda har oyda ikki marotaba “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.  Mazkur yarmarkalarda Sayxunobod, Uychi, Zarbdor hamda Gʻijduvon tajribalari asosida tayyorlangan biznes rejalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tyapti. Buxoro shahridagi "Kasbiy ko'nikmalar" markazida tashkil etilgan navbatdagi yarmarkada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida bo‘lgan tashabbuskorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.    

Juma, 09:25

"Loyihalar yarmarkasi" doirasida aholining tadbirkorlik faoliyatiga daxldor ishlab chiqilgan 81 ta biznes rejalar mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama qilindi. Yarmarka doirasida 11.8 mlrd so‘mga teng 89 ta tashabbuskorning loyihasi tijorat banklari tomonidan ma’qullandi. Buning natijasida mingdan ortiq yangi ish o‘rinlar yaratilishi belgilandi.

Juma, 09:25

Juma, 09:25

179

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda