Moliya va iqtisodiyot

Kambag'allikdan farovonlikka sari

114

Chop etish

Shanba, 11:46

"Navbahor" mahallasida 2 ming 478 nafar aholi, 628 ta xonadon va 778 ta oila mavjud. Hozirgi vaqtda ishsizlar soni 5 tani, kambag‘al oilalar soni esa 3 tani tashkil etadi. Mahallada tegishli dasturlar asosida ishsizlik va kambag‘allikni tugatish borasida aniq rejalar ishlab chiqilib hayotga tadbiq qilinmoqda. 

Hududlarda kambag‘al oila vakillarini daromadini oshirish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonma xonadon o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolar joyida bartaraf qilinmoqda Bu ham bo‘lsa aholini daromadli qilish orqali farovonlikka erishish yo‘lida qilinayotgan ishlarning boshlanishi deyish mumkin. Bugun Buxoro shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Xurshid Yaxyoyev tegishli mas’ullar bilan birgalikda "Navbahor" mahallasidagi kambag‘al va ishsiz oilalar vakillari bilan uchrashdi.

Shanba, 11:46

Xususan, Shaxruza Ziyayeva, Dadayan Spartak va Lola Tohirovalar xonadonida bo‘lib, oilalarning yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli yaqindan o‘rganildi. Ularning daromadlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Oila a’zolarining salomatliklarini mustahkamlash uchun zaruriy tibbiy ko‘rik va dori-darmon bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Shundan so‘ng mas’ullar 2024-yilda kambag‘al oilalar ro‘yxatida bo‘lgan 2-guruh nogironi Tesha Adinoyev xonadonida bo‘lishdi. Mahalla tomonidan tikuv mashinkasi olib berilishi natijasida oila vakilasi Muxiba Adinayeva tikuvchilik qilib oilasiga daromad keltirmoqda. Faoliyatini kengaytirish va daromadini oshirish maqsadida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalardan doimiy ish hajmi olib berishga kelishildi.

Shanba, 11:46

Shu kuni mutasaddilar Oybek mahallasidagi kambag‘allik ro‘yxatida turgan oilalar holidan xabar olishib, ularning muammolarini tinglashdi. Hozirda mahallada 3 ming 375 nafar aholi, 902 ta oila va 741 ta xonadon mavjud. Tegishli dasturlar doirasida Oybek mahallasida ham tizimli ishlar olib borilib, kambag‘al oilalar daromadini oshirishga ko‘maklashilmoqda. Xususan aniqlangan 3 ta kambag‘al oila vakillarini serdaromad ishga joylashtirish, bu orqali oilalarni farovonlikka erishish bosh maqsad qilingan. Xurshid Yaxyoyev boshchiligidagi mutasaddilar mahalladagi Madina Rahmatova, Istat Boltayeva hamda Adelina Timoshina xonadonlarida bo‘lib, mavjud muammolariga yechim izlashdi.

Shanba, 11:46

114

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda