Yoshlar siyosati

Issiqxona daromad manbai

191

Chop etish

Chorshanba, 14:47

Buxoro shahar "Otbozor" mahallasi "Turunburun" qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Sardor G'aybullayev bir necha yil migratsiyada bo'lib qaytgan. Qaytib kelgach yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, 30 sotix yer oldi.  Ushbu yerda imtiyozli kredit asosida issiqxona tashkil etib birinchi hosilning o'zida pomidor yetishtirib 60 mln so'm daromadga ega bo'ldi.

Hozirda yeridan bir yilda 3 marta hosil olib o'rtacha 50 tonnadan ortiq mahsulot yetishtirgan. Yillik sof foydasi 110-120 mln so'mni tashkil etmoqda. Sardorning kelajakdagi rejalari bisyor. 

Chorshanba, 14:47

Yaqin kelajakda ushbu issiqxonada bozorlarda kamyob, talab yuqori bo'lgan pomidorning "lilos" navini yetishtirib xorijga sotmoqchi. Ushbu yangi nav orqali ikki karra yuqori daromadga ega bo'lib, issiqxonasini gidroponika usulida qayta tamirlab qishin-yozin bozorlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni niyat qilgan.

Chorshanba, 14:47

191

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda