Turizm

Delegatsiyaning Buxoro bo'ylab ziyorati davom etmoqda

147

Chop etish

Dushanba, 16:38

Delegatsiya dastlab Sayfiddin Boxarziy maqbarasini ziyorat qildi. Mehmonlarga maqbaraning bunyod etilish tarixi haqida soʻzlab berildi.  Sayfiddin Abul Maʼoliy Saʼid ibn Mutohhar ibn Saʼid ibn Ali Qoidiy Boxarziy XII asrning ikkinchi yarmida, yaʼni 1190-yilda  Xuroson viloyatining Boharz (Eronning shimoliy sharqidagi Naysobur bilan Hirot oʻrtasidagi viloyat) mavzeida tugʻilgan. Manbalarda taʼkidlanishicha, Boxarziyning nasablari Hazrat Abu Bakr Siddiqga borib taqaladi. Boxarziy Hirot va Nishopur shaharlarida oʻqigan va diniy-huquqiy taʼlimni olib, tez orada soʻfiy darajasiga erishgan.

Sayfiddin Boxarziy Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilib, musulmon huquqshunosligining nodir asari – “al-Hiloya” asarini oʻrgangan. Ustozlari Najmiddin Kubroga eʼtiqodi baland boʻlgan. Boxarziy ustozlari tahoratda azob chekmasin deb, oftobaga suv olib, bagʻirlariga bosib, yurak tafi bilan uni isitib, kechasi bilan ostonada turganlar. Ustozlari shogirdidan nega tuni bilan riyozat chekding deganlarida, Boxarziy, “Men uchun Hazrat Shayx ostonalarida boʻlmoqdan ortiq farogʻat, lazzat yoʻq” degan ekanlar. Bunga javoban Najmiddin Kubro “Bashorat boʻlsin sengaki, podshohlar sening oting rikobida boʻlgʻay” deganlar. Boxarziy Kubraviylik diniy soʻfiylik taʼlimotini targʻib qilish uchun Shayx Najmiddin Kubro maslahati bilan taxminan 1218-1219-yillarda Buxoroga kelgan. Boxarziy diniy ilmlarda noyob muvaffaqiyatlarga erishgandan soʻng Xorazmda biroz yashab, soʻng Buxoroga noib qilib yuborilgan. Boxarziy Buxoro xalqini moʻgʻullar zulmidan panoh izlashida, bu davrda islom dinining keng yoyilishida xizmat koʻrsatgan. Hazrat 1261-yil 20-oktyabrda zulqaʼda oyining 24 kunida Buxoroning Qarshi darvozasidan 1 chaqirim uzoqlikda joylashgan Fatxobod qishlogʻida vafot etgan.      

Dushanba, 16:38

“Shayx ul-olamning vafotidan keyin Fatxobod soʻfiylik eʼtiqodining markazi boʻlib xizmat qilgan va hozirgacha ham shunday. Amir Temur ham Buxoroga tashrif buyurganida Shayx qabrini, albatta ziyorat qilgan. XII-XIV asrlarda hazrat qabri ustiga qurilgan maqbara bugungi kungacha saqlangan. Maqbara ichida jami 11 ta qabr boʻlib, «Kitobi Mullozoda”da keltirilishicha, bular hazratning ikki oʻgʻil Jamoliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhir, nevarasi Abu Mufaxir Yahyo va evaralari Xovand Burgʻoniddin, Ruhiddin shayx Dovudnikilardir».  Hazrat xonaqoh maqbarasi XIV asrning ikkinchi yarmida, uning ulkan portali ancha keyinroq qurilgan. Maqbara oʻz shaklining ulkanligi bilan, tuzilishining mahobati, meʼmoriy gʻoyasining aniqligi bilan kishini oʻziga jalb qiladi. “Ziyoratgohning bugungi kunda Fatxobod, deb atalishida ham ramziy maʼno mujassam. «Fatx” soʻzi - bosib olingan, yaʼni bosib olingan yerlarni qayta obod etgan Boxarziyga ishoradir. 1976-yilda Buxoroda yuz bergan kuchli yer silkinishi oqibatida maqbara gumbazi batamom xarobaga aylangan. Istiqlol yillarida maqbara binosi qayta taʼmirlanib, asl holiga qaytarilgan, gumbaz qayta oʻrnatilgan. Shuningdek, bu yerda Sayfiddin Boxarziy sharafiga “Islom tamadduni namoyandalari” xiyoboni barpo etilmoqda. Ushbu xiyobon zamonaviy va qadimiy koʻrinishdagi betakror inshootlar bilan yanada fayziyob boʻladi. “Family Park” qurilish kompaniyasi tomonidan   amalga oshirilayotgan ushbu masjid arxitekturasida Sayfiddin Boxarziy hamda Bayonqulixon maqbaralaridan andoza olingan boʻlib, masjid ikki tarixiy inshoot bilan uygʻun ravishda bunyod etilmoqda. Xiyobonda islom dini namoyondalari Abu Havs Kabir, Abu Bakr Kalobodiy, Mustamliy Buxoriy, Hazrat Poyanda Muhammadshoh Axsaviy kabi yetuk allomalarning memoriallari, masjid binosi, tahoratxona, hunarmandchilik markazi, mehmonxona, kutubxona, anjumanlar zali kabi obyektlar barpo etilishi koʻzda tutilgan.  Dastlabki bosqichda 2000 nafar namozxonga moʻljallangan masjid binosi va tahoratxona qurish ishlari davom etmoqda.

Dushanba, 16:38

Dushanba, 16:38

147

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda