Buxoro shahrida mahalla bankirlari ish boshladi
316
Chop etish
Seshanba, 08:43
Xoʻsh mahalla bankirining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida oʻtkazilgan yigʻilishda shu masala atroflicha muhokama qilindi. Unda respublika Markaziy banki boshqarma boshligʻi N.Komilov, Buxoro viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh. Joʻrayev, Buxoro shahar hokimining birinchi oʻrinbosari X. Yaxyoyev, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari masʼul xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdilar. Yigʻilishda soʻz olganlar Buxoro shahriga biriktirilgan “Aloqabank”, “Turon bank”, “Biznesni rivojlantirish banki” hamda “Asakabank”dan tanlangan 18 nafar xodimning 2025-yilda mahallalarda olib boradigan ishlari xususida toʻxtalib oʻtishdi. Shuningdek, 65 nafar mahalla agentlarini lavozimga tanlash jarayoni, ulardan talab qilinadigan asosiy mezonlar xususida fikr-mulohaza yuritildi. Ishlarni toʻgʻri tashkil qilish orqali Buxoro shahrini kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish haqida amaliy takliflar berildi.
Seshanba, 08:43
Qolaversa, mahalla bankirlari aholi daromadlarini oshirish, oʻzaro hamkorlikning samarali tizimini yaratishga qaratilgan Uychi, Sayxunobod, Zarbdor va Gʻijduvon tumanlarining tajribasini kengaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirishi taʼkidlandi. Mahalla bankirlari oʻzlariga biriktirilgan mahallalarning biznes imkoniyatlarini oʻrganishi, odamlar bilan gaplashib, ularning gʻoyalarini loyihalarga aylantirishi, shuningdek, rezidentlarni kredit olish, qaytarish, biznes ochish va mahsulotini sotishga oʻrgatishi, loyihalarga hamrohlik qilish yuzasidan oʻz rejalarini bayon qilishdi. Yigʻilish yakunida mahallalarda tadbirkorlik qilish niyatida boʻlgan fuqarolar uchun biznes koʻnikmalarini shakllantirish, banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozli kredit sarmoyalari toʻgʻrisida muntazam maʼlumot berib borish amaliyotini joriy qilishga kelishib olindi.
Seshanba, 08:43
Seshanba, 08:43
316
Chop etish
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari
Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimiz shahar va tumanlarida arzonlashtirilga...
395
"Boxarziy" va "Abu Ali Ibn Sino" mahalla fuqarolar yig'ini hududida o'rganish ishlari olib borildi
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki raisi O.Bo&lsquo...
162
Fuqarolar tashabbusli jamg'armasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi "Tuman va shahar budjetlari mablag‘larini...
80
Tadbirkor-elga madadkor
Yurtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yich...
255
Muammoga duch keldingizmi?
Bizga xabar bering!