Sport

Buxoro shahrida "Gandbol" sport musobaqasiga start berildi

75

Chop etish

Chorshanba, 09:05

Sport - salomatlik garovidir. Sportga e'tibor millat kelajagiga e'tibor hisoblanadi. Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish, millat genafondini yanada sog‘lomlashtirish maqsadida zarur chora- tadbirlar amalga oshirilib, hududlarda turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. 

Shu jumladan, Buxoro shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha “O‘ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI KUBOGI” shahar bosqichi  musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musoqabaqada ishtirok etish uchun umumiy ro'yxatdan o'tganlar 4043 nafar bo'lib, bundan 1845 nafar yigitlar, 2198 nafar qizlar tashkil etadi. 

Chorshanba, 09:05

Yigitlar o'rtasidagi bahslarda "Piridastgir" mahallasi yoshlari birinchi,  "Gulchorbog'" jamoasi ikkinchi hamda "J. Ikromiy" mahallasi faxrli uchinchi o'ringa ega chiqdi. Qizlar o'rtasida ham "Piridastgir" mahallasi birinchi, "S.Rahimov" qizlari ikkinchi  va "Yoshlik"  mahallasining qizlari uchinchi o'rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'llanma olishdi.

Chorshanba, 09:05

75

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda