Ta`lim

76-DMTT uchun qo‘shimcha bino qurib foydalanishga topshirildi

279

Chop etish

Shanba, 12:50

Buxoro shahar "Nizomiy Ganjaviy" mahallasidagi 76-DMTT uchun 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurib foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkillashtirilgan tantanali tadbirda shahar hokimligi mutasaddilari, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, mahalla faollari, ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi-tarbiyachilari hozir bo‘ldilar. 

Bahodir Ashurov rahbarligidagi "Durdona quruvchi usta" MCHJ quruvchilari tomonidan 2 mlrd 958 mln so‘m mablag‘ evaziga qurib foydalanishga topshirilgan binoda savodxonlik va mashg‘ulot xonalari, sport va o‘yin zallari, yotoqxona va sanitariya tarmog‘i, issiqlik tizimigacha shay qilingan. Mazkur bog‘cha ishga tushishi hisobiga 15 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi. 

Shanba, 12:50

Ma’lumot uchun, Buxoro shahrida maktabgacha yoshdagi, ya’ni 3-7 yoshli bolalar soni 18 ming 894  nafarga yetgan bo‘lib, qamrov darajasi 100 foizni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda shaharda 77 ta DMTT, 12 ta xususiy, 15 ta davlat xususiy sherikchiligidagi hamda 34 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Shanba, 12:50

Shanba, 12:50

279

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda