Society

Viloyat hokimi Botir Zaripov va Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nigora” korxonasida bo'lishdi

107

Chop etish

Thursday, 11:44

Viloyat hokimi Botir Zaripov va Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nigora” korxonasida bo'lishdi  🔝Ta’kidlash lozimki, o‘n yildan ortiq bo‘sh turgan binodan unumli foydalanish maqsadida mazkur korxonada investitsiya dasturi doirasida jami 22 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilingan holda paxta xomashyosidan ip-kalava va undan mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bo‘yash hamda tayyor kiyim-kechaklar tikishni tashkil etish orqali faoliyatni kengaytirish maqsadida 2023-yilda qo‘shimcha 4,2 million AQSH dollarlik investisiya kiritilgan.  

⌛Shunga ko‘ra, bu yerda aralashma tolali xom, bo‘yalgan gazlama hamda tayyor kiyim ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish bilan bir vaqtda inshootda boshlangan keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichda davom etmoqda. ✔️Korxona ishga tushgach, yillik eksport quvvati 20 mln. dollarni tashkil qilib, Yevropa va O‘rta Osiyo  davlatlariga yo‘naltiriladi. 

Thursday, 11:44

Viloyat rahbari bunday ishlab chiqarish subyektlari viloyatda “xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” tamoyili asosida yaxlit zanjirni yaratishi bilan birga, odamlarni ishli va daromadli qilish uchun ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi. Shuni inobatga olib, korxonani qisqa fursatda ishga tushirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. 

Thursday, 11:44

107

Chop etish


Muammoga duch keldingizmi?

Bizga xabar bering!

Murojaat yuborish

Bog`lanish uchun

Buxoro shahar hokimligi


Biz ijtimoiy tarmoqlarda